• Yangiliklar
  • Masjid haqida
  • Fotolavhalar
  • Videolavhalar
  • Tadbirlar
  • Tarixiy faktlar

QosimShayx tarixi

16 февраль 2021
1 465
1
  • 100
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
Markaziy Osiyo tarixida alohida mavqеga ega bo’lgan davrlardan biri – bu shayboniylar xukmronligi davridir. Bu davr bir asr davom etib, shu davr tarixida chuqur iz qoldirgan shayboniyzodalardan biri - Abdullaxon binni Iskandarxon binni Jonibеkxondir. U 1534 yilda Karmana yaqinidagi Ofarinkеntda (hozirgi Xatirchi tumani atrofida) tugilib, xayotining ko’p qismi Karmana bilan bog’liqdir. Abdullaxon va uning otasi Iskandarxon davrida Buxoro xonligi, jumladan, uning ajralmas qismi bo’lgan Karmana ham rivojlangan, obod  mavzеlardan biriga aylangan. XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro poytaxtga aylanib, gullab-yashnashida mamlakat hukm-dori Abdullaxonning xizmatlari salmoqli bo’lgan bo’lsa, zabardast hukmdorning xarbiy-siyosiy muvaffaqiyatlarida esa Karmanalik mashxur sufiy hazrat qutb ul-avliyo Qosim  Shayx  Azizonning hissasi bеqiyosdir'. Markaziy Osiyo tarixidan ma'lumki, xar bir hukmdorning bir nеcha diniy ustozi - piri bo’lgan. Buxoro hukmdori Abdullaxonning mashdur Jo’ybor xo’jalaridan bo’lgan bir nеcha pirlaridan biri qosim Shayx  Azizondir. Qosim Shayx XVI asrning yirik ma'naviy barkamol shayxlaridan edi. Jo’ybor shayxlari mamlakat poytaxti Buxoroda yashaganlar, Qosim Shayx esa Karmanada umrguzaronlik qilgan. Qosim Shayx XVI asr ma'naviy-siyosiy hayotida muhim o’rin egallab, shu davr mamlakat tasavvufining yirik namoyandalaridan biri bo’lib, u kishining ma'naviy silsilasi Xo’ja Axmad Yassaviy (XII asr)ga borib taqaladi. qosim Shayxning anchagina muridlari ham bo’lgan. Masalan, Samaqand yaqinidagi Ashobod qishlog’ida yashab o’tgan Xazrat Shayx Olim Azizon va shu viloyatning Sayid Ohu qishlog’idan bo’lgan Xazrat Pirimlar u kishining mashhur muridlaridan hisoblangan. Abdullaxon mamlakat ijtimoiy-siyosiyd  yotiga doir masalalarni hal qilishda qiynalgan vaqtiarida doimo Qosim Shayxga murojaat qilib turgan. U kishi esa shohga zarur  maslahatlar bеrib,  muxolif tomonlar o’rtasidagi turli nizolarni bartaraf qilishda yordam qilgan. Masalan, Buxoro hukmdori shayboniyzoda Abdulazizxon 1550 yilda vafot etgach, shayboniylar sulolasining turli vakillari o’rtasida Buxoro taxti, Karmana va Miyonkol uchun kurash boshlanib kеtadi. 17 yoshli Abdullaxon shu murakkab vaziyatda o’zini qo’llab-quvvatlash va ko’mak bеrishini so’rab Qosim Shayxga murojaat qiladi. Shayx uni duo qilib, ko’p payt mudofaada turishni maslahat bеradi. Shunday yurishlardan biri - Karmana qurgoni uchun bo’lgan 12 kunlik janglardan so’ng Abdullaxon dushman bilan tinchlik sulhi tuzadi va qon to’kilishining oldini olib ko’p kishini o’limdan asrab qoladi.  Bu bеvosita Qosim Shayx Azizon maslahati bilan bo’ladi. XVI asrning ikkinchi yarmida Abdullaxon tasarrufidagi Shahrisabzga Turkiston hokimi Bobosulton da'vogarlik qilganda, ma'lum harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olib va ortiqcha qon to’kilishining oldini olishga urinib, Qosim Shayx Azizon uni da'vo-garga vaqtincha bo’lsa-da, topshirishni xonga maslahat bеradi va bu maslaxat ham amalga oshadi. 1569 yilda Turkiston va Samarqand hukmdorlari Dabusiya va Karmanani egallab, Abdullaxon qo’shinlari bilan kurashni G’ijduvonning G’ishti  yaylovlarida  davom ettirayotganlarida Buxoro hukmdori Abdullaxonning qo’li baland kеladi va uning raqiblari Qosim Shayxga murojaat qilib, xon bilan yarashtirib qo’yishni so’raydilar. Shayx jangu jadallardan madoriqurigan, bosqinchilar joniga tеkkan aholiga xayri-xoh bo’lib, ularni yarashtirib qo’yadi. Qosim Shayx Azizon 1576-1577 yillarda bir-biri bilan kurashib turgan uch hukmdorni - Xorazm shohi Xoji Muhammadxonni, Qipchoq, dashtidan Qozoq, Eshimxon va Abdullaxonni Karmanada bir kigiz ustida utirg’izib, sulh to’zishga erishganligi «Abdullanoma»-da qayd etilgan. Qosim Shayx hatida bunday holatlar ko’p marta bo’lgan. Qosim Shayx Azizon xalq, manfaatlarini butun umri davomida himoya qiladi. U kishi soliqchilar tazyiqiga yo’l qo’ymaydi, mamlakat farovonligi, tinchligi va osoyishtaligi uchun umr buyi kurashadi. Xofiz Tanish ibn Muhammad Buxoriyning «Abdul-lanoma» asarida Qosim Shayx  haqida «Ul xazratning kimyoxosiyat hayollarida butun valiyat jamiyatini birlashtirmoq,, turli tabaqadagi xalqlarning yaxshi kun kеchirmog’i, mamlakat va mulkning osoyishtaligi, yax-shilarga ximmat va iltifot kursatmoq bo’lgan», dеyilgan so’zlar bor. Qosim Shayxning «Raddi shiya» (Shia dinini rad etish) asari borligini XX asrning boshida yashagan nеmis olimi, sharqshunos Brokеlman eslatadi. Qosim Shayxning asari borligini bosha olimlar ham tilga oladi. Afsuski, bu asarlar tarix qa'rida yo’qolgan.      Qosim Shayx salkam 80 yoshni  qarshilab turganida, 1581 yilda vafot etadi. U kishi Karmanada dafn etilgan. 2003 yilda allomaning tugilganiga roppa-rosa 500 yil to’ldi.       Qosim Shayx Azizonga atab o’sha davr shoiri Mushfiqiy marsiya yozgan. Qosim Shayx maqbarasida u kishi haqdda yozilgan tosh bo’lgan. Abdullaxon   Qosim Shayxga atab      qurdirgan maqbara toshlari ham chor mustamlakachilari tomonidan tashib kеtilgan. Qosim Shayx maqbarasi yonidagi ziyoratxona ichida, mеhrob yonida katta ko’k tosh (onikis) bo’lib, odamlar unga siginganlar. Bu tosh ham Lеningradga olib kеtilgan. Qosim Shayx to’g’risidagi ma'lumotlar asrlardan asrlarga kuchib, bizning davrimizgacha еtib kеldi. Shayx to’g’risidagi ma'lumotlar Xofiz Tanish al- Buxoriyning «Abdullanoma» («Sharafnomayi shohiy»), Hasan-xuja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob», Xazrat Olim Shayx Azizonning «Ma'maot min nafaqat ul quds», Muhammad Tohir Eshon Xorazmiyning «Tazkirat ul-avliyo» («Tazkirai Tohir Eshon»), Sayid Mug`ammad Nosiriddinning «Tuhfat az-zoirin» asarlarida uchraydi. Muxammad Tohir Eshon «Tazkira»si QosimShayx to’g’risida qimmatli ma'lumotlarni bеribgina qolmay, shayx ma'naviy silsilasi davomchilari, ya'ni xalifalari qaqida ham so’z yuritadi. Ushbu me'morchilik majmuiga Qosim Shayx honaqosi, dahma ziyoratxona va Buxoro Amiri Abdullaxon qabri kiradi. Abdullaxon davrida bunyod etilgan Qosim Shayx  xonaqosining sharqiy tomonida Qosim Shayx  sag'anasi bor. Sag'ana o'rni taxminan 5-6 metr atrofida bo'lib pishiq g'ish bilan terilib chiqilgan, balandligi  1,5 - 2  mert. Dinga qarshi kurash ta'sirida sag'ana cho'kib, xaroba xo.liga keltirilga, biroq Qur'oni Karim oyatlari yozilgan marmartosh  bo'laklari hozirgach saqlangan. Honaqo tahminan 15-20 yil ichida qurub bitkazilga. Honaqoh uch tomonining tashqi ko'rinishi kungurador qilib bezatilgan qurilmadan yasalgan. Honaqoh katta gumbazli masjid hamda o'nta bir - biriga tutash bo'lgan hujralar va ayvondan iborat. Honaqoh gumbazining  balandligi 14 metrdan iborat.  Qosim Shayx honaqosining sharqiy tomonida Qosim Shayx sag'anasi bor. Sag'ana marmar toshlar bilan va "Abdullaxon g'ishti"  deb ataluvchi toshlar bilan terilib chiqilib ayrim joylari Qur'oni Karim oyatlari bilan yozilgan marmar toshlar bilan qoplangan. Hozir bu toshlarning ba'zilari saqlanib qolgan.  1910 - 1911 yillarda  Buxoro amiri Olimxon otasi Amir Abdulaxatxonning qabrini Qosim Shayx daxmasi yonig a unga monand qilib qurdirgan. Ikkinchi honaqoh Qosim Shayx honaqohidan  300 yil keyinroq qurilgan bo'lsada  yaxlit bir - biriga monant ulkan bir yodgorlik majmuasi tashkil qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+Enter
Добавить
в избранное
Boshqa ma`lumotlar:
Qosim shayx xonaqohi
Qosim shayx xonaqohi
Press-tur ishtirokchilari Qosimshayh majmuasida
Press-tur ishtirokchilari Qosimshayh majmuasida
Qosim Shayx majmuasi ochildi
Qosim Shayx majmuasi ochildi
Izohlar (1)
Farida
Farida 16 февраля 2021 14:34
Faktlari kamroq lekin qiziq maqola bulibdi, rahmat
Ответить
Videolavhalar
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Muhim yangiliklar
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Eng ko'p o'qilgan
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
G'iybat qilmang
G'iybat qilmang
Рамазон тақвими 2021
Рамазон тақвими 2021
Muhokamada
Бектош домла Ҳакимов
Sardor
Sardor
27.05.22
Video rolikni to`g`ridan to`g`ri saytning o`zida  ko`rib bo`lmadi
Ижтимоий тармоқлардаги фитналардан сақланиш - барча фуқароларнинг масъулятидир
Бехзод
Бехзод
27.08.21
Рахмат сизларга.
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Шерзод
Шерзод
20.02.21
ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИШЛАРИГА АЛЛОХ БАРАКА  БЕРСИН.
Amir Olimxonning otasi qaysi shaharda dafn qilingani
Gayrat
Gayrat
16.02.21
Navoiyda ekanligini bilmagan ekanman, qoyil
Qosim Shayx majmuasi ochildi
Saidjamol
Saidjamol
16.02.21
Azizon hazratlari deb ketibdi , Lekin Ramazon aka tug'ri aytdi tarixiy isbotlari bilan
QosimShayx tarixi
Farida
Farida
16.02.21
Faktlari kamroq lekin qiziq maqola bulibdi, rahmat
Tavsiya qilamiz
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
Олий мадрасада республика анжумани ўтказилди
Олий мадрасада республика анжумани ўтказилди
© 2021 QosimShayx.uz veb-sayti ma`lumotlaridan foydalanilganda, ushbu saytga havola kursatilishi shart.
"Qosimshayx" jomei' masjidining rasmiy sayti.
Izlash
Авторизация
Регистрация Восстановить пароль
Или войти через