Missionerlikning salbiy oqibatlari
Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lo'g'aviy va istilohiy ma'nolarini tushunib olish muhimligini alohida qayd etish lozim. Missionerlik lotin tilidan olingan bo'lib, “missio”so'zi fe’lidan “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi. Missionerlikni ko'pchilik xristian dini bilan o'z-aro bog'liq tushuncha sifatida qabul qiladi. Missionerlikning xristian dini bilan bog'liqligi shundaki, xristian dinining protestantlik yo'nalishida “Missionerlik xar bir dindor uchun shart”,- deb hisoblanishi “Injil”da keltirilganligini uchratishimiz mumkin. Buning sababi qo'yidagicha, Xristianlikning katolik va pravoslav yo'nalishlarida missionerlik bilan ruhoniylar shug'ullanishi belgilangan, ya’ni ruhoniylar rasmiy cherkovlarda ibodatga kelgan fuqarolar orasida missionerlik faoliyatini amalga oshirishlari nazarda tututilgan bo'lib, protestant («lotincha «proiestans»-«e’tiroz bildiruvchi») konfessiyalarida missionerlik bilan shug'ullanish barcha dindorlarning burchi etib belgilangan. Diniy e’tiqodi uchun quvg'inga uchragan protestantlarning Shimoliy Amerikaga ommaviy emigratsiya qilishlari XVII-XVIII asrlarda mazkur qit’ada protestantlikning keng tarqalishi, keyinchalik AQShda mormonlar, “Iegov shohidlari”, xarizmatik pyatidesyatniklar kabi ortodoksal xristianlik ta'limotidan jiddiy tarzda chetga chiqqan proetstant konfessiya va sektalarning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Missionerlik faoliyatining bir qismi sanalgan prozelitizm (grekcha «proseh/tos» - yangi e’tiqodni qabul qilgan odam) tushunchasi ham mavjo'd bo'lib, prozeletizm yangi din g'oyalarini qabul qilgan shaxsning ushbu dinga kuchli sadoqatini anglatadi . Davlatimiz tomonidan fuqarolarining diniy qarashlarini va dinga bo'lgan munasabatini O'zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonuni talablari bilan tartibga solinadi. Xususan, Qonunning 5-moddasiga ko'ra, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-biri imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo'l qo'yilmaydi. Qonun muayyan yoshga to'lgan fuqarolarning o'z diniy ehtiyojlarini ta'minlash uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va o'rta diniy o'quv yurtlarida ta'lim olish tartib qoidalarini xam belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targ'ibot olib borishda, millatlararo adovat o'yg'otishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o'rtasida vahima chiqarishda hamda davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa g'arazli maqsadlarda foydalanishga yo'l qo'yilmasligi qat’iy belgilab ko'rsatilgan. Bugungi kunda missionerlikdan g'arazli niyatlarda foydalanish ham keng tus olgan. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borilganligini ko'rishimiz mumkin. Qurolyarog'larning takomillashib borishi urushlarda g'olib bo'lishga katta yordam bergan, lekin o'z navbatida shuni ta'kidlash joizki har bir urush qurbonlarsiz yakun topmagan. Bundan tashqari urush olib borgan davlatlarning iqtisodiyoti beqaror bo'lgan ya’ni iqtisodiyoti zaiflashib, aholisining real doramadlari, yashash tarzi juda past darajada bo'lgan. Bir so'z bilan aytganda biron-bir davlatni tobe qilishda kuch ishlatish usuli samara bermasligi aniqlangan. Dunyodagi zo'rovon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir halq yoki mamlakatni o'ziga tobe qilib, bo'ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo'lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi . Buning tasdig'ini yaqin tarixdagi Yugoslavaya misolida ko'rishimiz mumkin. Turli millat va din vakillari istiqomat qilib kelgan Yugoslvaiyaning Serbiya, Sloveniya, Xorvatiya, Makedoniya, Chernogoriya, Bosniya va Gertsegovina kabi davlatlarga parchalanib ketgani ham etnokonfessional ziddiyatlar qanday og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligining hayotiy-amaliy ifodasidir. Xristian nazariyotchilaridan biri Luis Bush xristian missionerlari alohida e’tibor qaratishi lozim bo'lgan hudud-shimoliy kenglikning 10 va 40-paralellari orasida joylashgan, deb hisoblab uni “10/40 OYNA” deb atagan . “10/40 OYNA” deb atalgan hududga Osiyo va Afrika mamlakatlari hududlari kiradi. Missionerlar tomnidan Osiyo va Afrika mamlakatlari hududlarini asosiy kurash maydoniga aylantirishining eng katta sabalaridan biri neft va neft maxsulotlariga egalik qilish, dunyo davlatlarining neft va neft maxsulotlariga bo'lgan ehtiyojlari ortishi, qimmatlashishi va yirik davlatlarning energetika zahiralari joylashgan hududlarda o'z ta'sirlarini o'tkazishga harakat qilishidir. Missionerlarning asosiy maqsadi xristianlikni targ'ib qilish yo'li bilan jamiyatda xayrihoh bo'lgan guruhlarni shakllantirish va tarofdorlar sonini ko'paytirish orqali muayyan mamlakat va hudud ustidan nazorat o'rnatish hisoblanadi. Yuqoridagi asosoli xolatlarga tayangan holda missionerlarning maqsadi to'g'risida fikr yuritadigan bo'lsak, missionerlik ta'siriga tushgan kishilarda asrlar mobaynida otabobolaridan meros bo'lib hozirgi kunga qadar saqlanib kelgan madaniy, ma'naviy va ahloqiy qadriyatlarini yo'q bo'lib ketishini, insonlarning ma'naviy ongini o'zlari “ma'qul” ko'rgan yo'nalishida zararli ma'lumotlar bilan oziqlantirishi, tinch osoiyshta kun kechirayotgan halq orasida tinchsizlikni, norozilik kayfiyatini o'yg'otish orqali Hokimiyat vakillariga o'zlarining ta'sirlarini o'tkazishlari hisoblanadi. Missionerlikning “10/40 OYNA” dasturiga e’tibor qaratadigan bo'lsak, missionerlar Respublikamizda mavjud tabiiy er osti boyliklarimiz hisoblangan neft va neft maxsulotlarini o'zlashtirishni rejalashtirganliklarini anglashimiz mumkin. Tabiiy er osti resurslari bu mustaqil huquqiy demokratik davlatimizning boyliklari hisoblanadi. Davlatimizning er osti qazilma boyliklari katta strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Zero ushbu boyliklar davlatimizning makro iqtisodiyoti barqarorligini ta'minlovchi resurslar hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan hayotiy va amaliy misollarga tayanadigan bo'lsak, missionerlik faoliyati O'zbekiston Respublikasini har tomonlama rivojlanishiga, buyuk kelajagini barpo etishiga katta salbiy ta'sir ko'rsatishini anglashimiz zarur. Zero O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947 sonli Farmoni qabul qilingan bo'lib, ushbu farmon talablariga asosan mustaqil huquqiy demokratik jamiyatimizni dunyoning rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin egallashiga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Harakatlar strategiyasi talablari davlatimizning eng muxim jabhalarini rivojalantirishga qaratilgan bo'lib, bunda beshta ustuvor yo'nalish belgilangan, jumladan, Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, Qonun ustuvorligini ta'minlash va sudhuquq tizimini yanada isloh qilish, davlatimiz iqtisodiyotini liberallashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ijtimoiiy sohani rivojlantirish va havfsizlik, diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik va chuqur o'ylangan, o'z aro manfaatli bo'lgan tashqi siyosatni amalga oshirish, yo'nalishlari bo'yicha maxsus dasturlar belgilangan. Missionerlik faoliyati oqibatlari, dalatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Haraktlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo'nalishi hisoblangan havfsizlik, millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik sohasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatishi extimoli bor. Bunga sabab etib O'zbekiston Respublikasi aholisi ko'p millatli ekanligini ko'rsatishimiz mumkin. Bunday salbiy xarakterga ega hodisalar O'zbekiston Respublikasini boshqa strategik muhim Davlatlar bilan aloqalariga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Sababi hozirgi globallashuv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan bir paytda dunyoning nariga chetida sodir bo'lgan vaziyatni bu chetida davlatlarga etib kelishi bir zumda. Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, missionerlarning bugungi kundagi faoliyati hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan xoli emasligini ko'rsatadi. Bunday xolatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning mohiyatini to'g'ri va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo'lida maqsadli, tizimli va tadrijiy faoliyat olib borish zarur bo'ladi.
manbaa muallifi: Dj. Esenbaev
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Tinchlik va xotirjamlik ne’matining ahamiyati, uni asrab-avaylash

Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va diniy sohada olib borilayotgan islohotlar mohiyati

Press-tur ishtirokchilari Qosimshayh majmuasida

O'zgalar xatosini kechirish Allohning rahmatiga sabab bo'lishi

Hayit namozlari

Hayit bayrami muborak aziz dindoshlar
Izohlar (0)