• Yangiliklar
  • Masjid haqida
  • Fotolavhalar
  • Videolavhalar
  • Tadbirlar
  • Tarixiy faktlar

G'iybat qilmang

22 июнь 2021
3 976
0
  • 100
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5

   Insoniyatning tili va undan sodir bo‘ladigan illatlar bisyor. Til yordamida Alloh taologa istig‘for aytiladi, Qur’oni karim tilovat qilinadi, tavba aytib, duolar qilinadi. Lekin, ana shu tildan shunday gunohlar sodir bo‘ladi-ki, insonning vaqti, mablag‘i ketib, yiqqan savoblari behuda ketishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday gunohlardan biri – g‘iybatdir. G‘iybat qilgan kishi maydonga bir to‘p qo‘yib, o‘ngu so‘lni zambarak o‘qidan sovurgan kimsaga o‘xshaydi. G‘iybat qilganda, uning qilgan go‘zal amallari o‘ngga-so‘lga sovurilgan bo‘ladi. Kim musulmon birodarining nomiga dog‘ tushirish maqsadida uni g‘iybat bilan qiynasa, qiyomat kuni Alloh uni jahannam ko‘prigi ustida turg‘izadi. Qilgan g‘iybati qaytib olinmaguncha u o‘sha joydadir.

   Qur'oni Karimning bir qancha oyatlarida Alloh taolo o‘zaro munosabatlarda g‘iybat qilmaslikni mo‘min bandalarga ta'kidlab shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَقُولُوا قَوْلًا سَدِيدًا  يُصْلِحْ لَكُمْ أَعْمَالَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَمَنْ يُطِعِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ فَازَ فَوْزًا عَظِيمًا
ya'ni: “Ey, mo‘minlar! Allohdan qo‘rqingiz va to‘g‘ri so‘zlangiz! (Shunda Alloh) ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat etar. Kimki Allohga va Uning payg‘ambariga itoat etsa, bas, u ulug‘ yutuqqa erishibdi” (Ahzob surasi 70-71 oyatlar).

“Ey iymon keltirgan bandalar ko‘p gumon qilishlikdan saqlaning! Ba'zilaringiz Ba'zilaringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan birontalaringiz o‘z birodarini go‘shtini o‘lik xolatda yeyishlikni xohlaydimi?! Bas, gunohi undan ham yomon bo‘lgan g‘iybatdan saqlaning”! Hujurot surasi.


Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ham qolgan bir qancha xadislarda g'iybat haqida quyidagilar rivoyat qilingan:

﴿إِذَا أَصْبح ابْنُ آدَمَ، فَإنَّ الأعْضَاءَ كُلَّهَا تُكَفِّرُ اللِّسانَ، تَقُولُ: اتِّقِ اللَّه فينَا، فَإنَّما نحنُ بِكَ: فَإنِ اسْتَقَمْتَ اسَتقَمْنا وإنِ اعْوججت اعْوَججْنَا﴾ 

(رَوَاهُ الْاِمَامُ التِّرْمِذِيُّ عن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه)

ya'ni: “Odam bolasi tong ottirganda, tana a'zolarining hammasi tilga tanbeh berib: “Bizning to‘g‘rimizda Allohdan qo‘rq! Biz (nima ahvolga tushsak ham), sen sababli (tushamiz). Agar to‘g‘ri bo‘lsang, biz ham to‘g‘ri bo‘lamiz. Agar egri bo‘lsang, biz ham egri bo‘lamiz” deyishadi” (Imom Termiziy rivoyatlari).

Sahobai kiromlar so‘rashdi: “Ey rasululloh! “G‘iybat nima”? “Birodaringni o‘zi yo‘q paytida eshitsa xafa bo‘ladigan ishlarini gapirishliliging” –dedilar. Shunda sahobalar: “Biz gapirgan xolat unda bo‘lsachi”? – deyishdilar. Shunda rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Agar siz gapirgan narsa unda bo‘lsa g‘iybat bo‘ladi, agar unda bo‘lmasa unda tuxmat qilgan bo‘lasiz” dedilar”.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yana shunday ogohlantiradilar:
“Kim musulmon birodarini ig‘vo qilsa, Alloh Qiyomat kuni uning yuzini orqasiga o‘girib qo‘yadi”.

Anas ibn Molik rivoyat qiladi:
“Me’roj kechasi bir to‘da insonlarni ko‘rdim, tirnoqlari bilan yuzlarini timdalardilar va iflos narsalar yeyardilar. Jabroildan: «Bular kim?” – deb so‘radim. Dediki: “Bular dunyoda insonlarning go‘shtini yeganlar, g‘iybat qilganlardir!”

Gʼiybat barcha yaxshiliklarni kul qilib barbod qiladi. Unga qoʼyidagi hadis ham dalildir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Olovning quruq narsaga nisbatan boʼlgan taʼsiri gʼiybatning banda yaxshiliklariga boʼladigan taʼsirichalik tez emas”.

Ikrimadan rivoyat qilinadi: «Uzun bo‘ylik bir ayol Payg‘ambarimizning huzurlariga keldi. U chiqib ketgan vaqtda Oisha onamiz: «Bo‘yi juda uzun ekan», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «G'iybat qilding», dedilar. Oisha onamiz: «Axir men undagi bor narsani gapirdim-ku?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unda qarih ko‘rilgan narsani zikr qilding», dedilar. Bu hadisdan ma'lum bo‘ladiki, g‘iybat kishidagi mavjud narsani uning yo‘g‘ida gapirishdir. Unda mavjud bo‘lmagan narsani gapirish esa bo‘hton, tuhmat hisoblanadi. Bu esa g‘iybatdan ham yomonroq.


Yana bir qancha ulug'larimizdan ham quyidagilarni misol qilib olsak:

   Faqih Abu Lays Samarqandiy g‘iybat haqida shunday deydilar: «G‘iybat to‘rt turlidur: kufr, nifoq, gunoh va muboh. Birodarini g‘iybat qilayotgan kimsaga g‘iybat qilma, deyilganida, kimsa: «Bu g‘iybat emas, haqiqatni aytyapman», desa, Alloh taolo harom etgan narsani halol hisoblagan bo‘ladi. Haromni halol hisoblash kufrdir.
   Munofiqlik hisoblangan g‘iybat - shaxs nomini tilga olmay, o‘zini yaxshi ko‘rsatib kishilar huzurida g‘iybat qilish. Vaholanki, ular kimni nazarda tutayotganini bilishadi.
   G‘iybat qilish mumkin emasligini bilaturib muayyan shaxsni tilga olib g‘iybat qilish gunohdir. Bunga mubtalo bo‘lgan kimsa istig‘for aytishi zarur.
   Fosiqni yo bid'atchini kishilar bilib qo‘ysin, deb gapirish muboh bo‘lgan g‘iybatdir. Bu holda kishilarni ogoh qilgani uchun «g‘iybatchi» ajr ham oladi».

“Imom Buxoriy aytadilar: “Aqlimni tanib, g‘iybat xarom ekanligini bilganimdan boshlab, shu kunga qadar g‘iybat qilmadim”.

   Gʼiybat sohibi xuddi manjaniq oʼrnatib olgan kishiga oʼxshaydi. U yaxshiliklarini oʼng va chapga, sharqu gʼarbga uloqtirib, otaveradi. Ibn Javziy rahimahulloh. 
Izoh: Manjaniq – toshotar harbiy qurilma. Eshilgan pay, tola yoki junning egiluvchanlik kuchi ostida harakatga keltirilgan. Manjaniq qalʼa, qoʼrgʼon devorlarini buzish, rahna solish yoki binolarni yakson qilish, shuningdek, qamaldagilarga qiron keltirish uchun ham moʼljallangan.
    Bundan ko'rinib turibdiki ulug‘larimiz birovning sha’niga umuman noloyiq gaplarni aytishmagan. Shu sabab tilni g‘iybatdan tiyish ulug‘larning fazilati ham hisoblanar ekan. So'zimiz yakunida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Musulmon kishi shunday kishiki – uni tilidan va qo‘lidan hech kim ozor chekmaydi”. Alloh taolo barchalarimizni ushbu va boshqa gunohlardan saqlanadigan bandalaridan bo‘lishliligimizni nasib etsin deb qolamiz.

Qosim shayx masjidi noib imomi: Istamjon Xamrayev

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+Enter
Добавить
в избранное
Boshqa ma`lumotlar:
Ne'matlarga shukronalik maqtalgan fazilat ekani, har bir ne'matni qadriga yetish
Ne'matlarga shukronalik maqtalgan fazilat ekani, har bir ne'matni qadriga yetish
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Hayit namozlari
Hayit namozlari
Hayit bayrami muborak aziz dindoshlar
Hayit bayrami muborak aziz dindoshlar
O'zgalar xatosini kechirish Allohning rahmatiga sabab bo'lishi
O'zgalar xatosini kechirish Allohning rahmatiga sabab bo'lishi
Tinchlik va xotirjamlik ne’matining ahamiyati, uni asrab-avaylash
Tinchlik va xotirjamlik ne’matining ahamiyati, uni asrab-avaylash
Izohlar (0)
Videolavhalar
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Muhim yangiliklar
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Eng ko'p o'qilgan
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
G'iybat qilmang
G'iybat qilmang
Рамазон тақвими 2021
Рамазон тақвими 2021
Muhokamada
Бектош домла Ҳакимов
Sardor
Sardor
27.05.22
Video rolikni to`g`ridan to`g`ri saytning o`zida  ko`rib bo`lmadi
Ижтимоий тармоқлардаги фитналардан сақланиш - барча фуқароларнинг масъулятидир
Бехзод
Бехзод
27.08.21
Рахмат сизларга.
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Шерзод
Шерзод
20.02.21
ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИШЛАРИГА АЛЛОХ БАРАКА  БЕРСИН.
Amir Olimxonning otasi qaysi shaharda dafn qilingani
Gayrat
Gayrat
16.02.21
Navoiyda ekanligini bilmagan ekanman, qoyil
Qosim Shayx majmuasi ochildi
Saidjamol
Saidjamol
16.02.21
Azizon hazratlari deb ketibdi , Lekin Ramazon aka tug'ri aytdi tarixiy isbotlari bilan
QosimShayx tarixi
Farida
Farida
16.02.21
Faktlari kamroq lekin qiziq maqola bulibdi, rahmat
Tavsiya qilamiz
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
Олий мадрасада республика анжумани ўтказилди
Олий мадрасада республика анжумани ўтказилди
© 2021 QosimShayx.uz veb-sayti ma`lumotlaridan foydalanilganda, ushbu saytga havola kursatilishi shart.
"Qosimshayx" jomei' masjidining rasmiy sayti.
Izlash
Авторизация
Регистрация Восстановить пароль
Или войти через