• Yangiliklar
  • Masjid haqida
  • Fotolavhalar
  • Videolavhalar
  • Tadbirlar
  • Tarixiy faktlar

Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri

27 апрель 2021
3 266
0
  • 80
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
   Bismillahir Rohmanir Rohiym, avvalambor Allohimizga cheksiz hamdlar, payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovatu salomlar bo'lsin deb, bugun sizlar bilan islomda kechirimlilik ahamiyati, o'rni va darajasi haqida ozmi-ko'pmi bo'lishib, eslab olamiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga vahiy tushushi milodiy 610-yillarda yuz bergan, bu voqeani islomning qayta tiklanishi deb olsak, chunki bu davr va zamonlar jaxolat, zulm, qaysidur ma'noda botqoqlik davri bo'lgan. Islom bu davrda poklik, ota-onaga hurmat, bolalarga shavqat, oila va turmush odoblarini olib kirdi. Mana, nechi asr o'tib ham bu odoblar bizga hali-xanuz turmush va hayotimiz farovonligi yo'lida dastak bo'lib kelmoqda. Insonlarga nisbatan kechirimli bo’lish ham islom ko’rsatmalaridan biridir! Bu foniy dunyoda hammamizning manzili, so’nggi birdir, shunday ekan ahli oilamizga, qo’ni-qo’shnimiz, qarindoshlarimiz, qo’l ostimizdagi (ishchilar) ga nisbatan hush muomala va kechirimlli bo’lishimiz musulmonchiligimizning bir bo’lagidir. Alloh taolo Qur’oni karimning bir qancha oyati karimalarida bandalarini bir-birlarining xato va kamchiliklari va ayb-nuqsonlarini kechirishga buyuradi. Jumladan:
وَإِنْ تَعْفُوا وَتَصْفَحُوا وَتَغْفِرُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ
ya'ni: “Agar sizlar afv etsangiz, koyimasangiz va kechirsangiz, u holda, albatta, Alloh (ham sizlarga nisbatan) mag‘firatli va rahmlidir” (Tag‘obun surasi 14-oyat).

فَمَنْ عَفَا وَأَصْلَحَ فَأَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الظَّالِمِينَ
ya'ni: “Bas, kimki afv etib (o‘rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolim (tajovuzkor)larni sevmas” (Shuaro surasi 40-oyat).
وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ
ya'ni: “(Ular) g‘azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar” (Oli Imron surasi 134-oyat).
     Bu oyati karimalardan ko’rinib turibdiki Alloh taolo bizni, kechirimli, rahmli va halimli bo’lishga buyurib, mukofotini o’zidan olishimizni takidlayabdi. Allohning mukofoti esa naqadar betakror, ulug’dir. Kechirish mukofoti kechirilishdur.
     Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham: “Kimki qodir bo’la turib, g’azabini yutsa, Alloh taolo Qiyomat kuni uni chaqirib, butun xaloyiq oldida shaxlo ko’zli hurlardan xoxlaganicha olishga ixtiyor beradi”(Imom Termiziy va Imom Abu Dovudlar rivoyatlari)
     Kechirimli bo’lish ulkan savob va Jannatga kirish uchun sababhamdur, bu haqda Rasulimiz:
     Qiyomat kuni bo’lganda bir jarchi nido qiladi: “Odamlarga kechirimli Bo’lganlar qayerda? Parvardigoringizni huzuriga kelinglar va savobingizni olinglar! Qaysi bir musulmon kechirimli bo’lsa, Jannatga kirishlikka haqlidir.” (Imom Ibn Murdavayh rivoyatlari)
     Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xulqlari sifati ham, Oisha onamizdan, Imom Termiziy va Imom Ahmadlar orqali shunday rivoyat qilingan:
     “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam fahsh ishlarni qiluvchi, fahsh so’zlarni so’zlovchi va bozorlarda baqir-chaqir qilib yuruvchi inson emasdilar. Yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarmas edilar, balki avf etib, kechirib yuborar edilar”
      Bundan ko’rinib turibdiki kechirimli bo’lishni payg’ambarimiz bizga hayoti orqali tadbiq qilib ham ko’rsatganlar.
      Xulosa qilib aytadigan bo’lsak kechirimli bo’lish oliy fazilat va jannat tomon, Allohni rahmati tomon yo’ldir. Shunday ekan bir-birimizga nisbatan adovat va gina saqlamay kechirimli bo’laylik.

Qosim Shayx masjidi noib imomi Istamjon Xamrayev
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+Enter
Добавить
в избранное
Boshqa ma`lumotlar:
Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va diniy sohada olib borilayotgan islohotlar mohiyati
Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va diniy sohada olib borilayotgan islohotlar mohiyati
QosimShayx tarixi
QosimShayx tarixi
Amir Olimxonning otasi qaysi shaharda dafn qilingani
Amir Olimxonning otasi qaysi shaharda dafn qilingani
Qosim shayx xonaqohi
Qosim shayx xonaqohi
Press-tur ishtirokchilari Qosimshayh majmuasida
Press-tur ishtirokchilari Qosimshayh majmuasida
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Izohlar (0)
Videolavhalar
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Muhim yangiliklar
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Eng ko'p o'qilgan
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
G'iybat qilmang
G'iybat qilmang
Рамазон тақвими 2021
Рамазон тақвими 2021
Muhokamada
Бектош домла Ҳакимов
Sardor
Sardor
27.05.22
Video rolikni to`g`ridan to`g`ri saytning o`zida  ko`rib bo`lmadi
Ижтимоий тармоқлардаги фитналардан сақланиш - барча фуқароларнинг масъулятидир
Бехзод
Бехзод
27.08.21
Рахмат сизларга.
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Шерзод
Шерзод
20.02.21
ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИШЛАРИГА АЛЛОХ БАРАКА  БЕРСИН.
Amir Olimxonning otasi qaysi shaharda dafn qilingani
Gayrat
Gayrat
16.02.21
Navoiyda ekanligini bilmagan ekanman, qoyil
Qosim Shayx majmuasi ochildi
Saidjamol
Saidjamol
16.02.21
Azizon hazratlari deb ketibdi , Lekin Ramazon aka tug'ri aytdi tarixiy isbotlari bilan
QosimShayx tarixi
Farida
Farida
16.02.21
Faktlari kamroq lekin qiziq maqola bulibdi, rahmat
Tavsiya qilamiz
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
Олий мадрасада республика анжумани ўтказилди
Олий мадрасада республика анжумани ўтказилди
© 2021 QosimShayx.uz veb-sayti ma`lumotlaridan foydalanilganda, ushbu saytga havola kursatilishi shart.
"Qosimshayx" jomei' masjidining rasmiy sayti.
Izlash
Авторизация
Регистрация Восстановить пароль
Или войти через