• Yangiliklar
  • Masjid haqida
  • Fotolavhalar
  • Videolavhalar
  • Tadbirlar
  • Tarixiy faktlar

Ne'matlarga shukronalik maqtalgan fazilat ekani, har bir ne'matni qadriga yetish

05 май 2021
2 299
0
  • 100
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
Allohimizga cheksiz hamdlar, payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovatu-salomlar bo'lsin. Biz musulmon bo'lib tug'ildik, Alhamdulillah musulmon bo'lib voyaga yetdik. O'zbek xalqiga azal-azaldan singib ketgan bu turmush tarzi bizga avvalambor ne'matlarga shukur qilib, uni qadriga yetishni o'rgatadi. Hammamizga ayon aslida eng avval inson bo'lib yaratilganimizni o'zi katta, eng oliy ne'matdir. Sog'ligimiz, oilamiz, tinch vatanda yashashimiz, ilm olishimiz, mo'tadil ob-havoyimiz, oddiygina, qornimiz to'q, ustimiz but bo'lishi ham bizning ne'matlarimizdandir. Aslida, bizga berilgan ne'matlarni sanab, idrok qilsak uning adog'iga yeta olmaymiz. Bu ne'matlarni qadrlasak, turmushimizni naqadar obod etgan, hayotimizni qadriga yetgan bo'lamiz. 
   Alloh taolo bir qancha oyatu-karimalarda ham ne'matga shukur qilish uni ziyoda bo'lishiga sabab bo'lishi, bergan ne'matlariga shukur qilib, uni yod etishimiz haqida aytib o'tadi, jumladan:
وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِنْ شَكَرْتُمْ لَأَزِيدَنَّكُمْ وَلَئِنْ كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٌ  
“Yana Robbingiz e’lon qilgan (bu so‘zlar)ni eslangiz: «Qasamki, agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir»” (“Ibrohim” surasi, 7-oyat).

أَلَمْ تَرَوْا أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُمْ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَأَسْبَغَ عَلَيْكُمْ نِعَمَهُ ظَاهِرَةً وَبَاطِنَةً ...
“(Ey, insonlar!) Alloh osmonlar va Yerdagi barcha narsalarni sizlarga bo‘yin sundirib qo‘yganini va sizlarga barcha zohiriy va botiniy (moddiy va ma’naviy) ne’matlarini komil berganini ko‘rmadingizmi?!”. (“Luqmon” surasi, 20-oyat)
Alloh taoloning bandalarga bergan ne’matlari zohiriy va botiniy, ochiq va yashirin, ma’lum va noma’lumdir

وَآَتَاكُمْ مِنْ كُلِّ مَا سَأَلْتُمُوهُ وَإِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ الْإِنْسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ  
“Shuningdek, sizlarga barcha so‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne’mat(lar)ini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, inson (o‘ziga) o‘ta zolim va (Rabbiga) juda noshukrdir”. (“Ibrohim” surasi, 34-oyat)

Shukrning yana bir ifodasi ne’matlarni til bilan gapirishdir.
وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ  
“Robbingizning (Sizga ato etgan barcha) ne’mati haqida esa (odamlarga) so‘zlang!” (“Zuho” surasi 11-oyat)


   Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, sahobalar, ulamolar ham ne'matlarning shukri oliy va musulmonlarga xos fazilat, uning shukri ne'matlarning ziyoda bo'lishiga sabab bo'lishi haqida aytib o'tganlar:
   No‘mon ibn Bashirdan: Payg‘ambar alayhissalom: “Kim oziga shukr qilmasa, ko‘piga ham shukr qilmabdi. Kim insonlarga shukr qilmasa, Alloh taologa shukr qilmabdi. Ne’matlarni gapirish shukrdir. Uni tark qilishlik esa kufrdir. Jamoat rahmatdir, tafriqa qilishlik azobdir”. زوائد المسند 4/278.

   Fuzayl ibn Iyoz: “Kim qalbi bilan Alloh taoloning ne’matlarini tanisa, tili bilan unga hamd aytsa, ne’matlarning faqat ziyodasini ko‘radi”,- degan.

   Molik ibn Nazla al-Xushamiy: “Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilarida yirtiq kiyim bilan o‘tirgan edim, moling bormi dedilar. Ha! Yo Rasulalloh! dedim. Modomiki, Alloh senga mol ato qilgan bo‘lsa, uning asarini sening ustingda ko‘rinsin dedilar”. Imom Nasaiy rivoyati.
Bu haqda Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo go‘zaldir, go‘zallikni yaxshi ko‘radi va bandasida o‘z ne’matlarining asarini ko‘rmoqlikni yaxshi ko‘radi” dedilar.

   Abu Sa’id al-Xudriy: “Oyatdagi ne’matdan murod Alloh taolo ato etgan barcha ne’matlardir”, deganlar.
   Imom Hasan ibn Ali roziyallohu anhu: “Ne’matlarni ko‘proq zikr qilinglar, chunki uni eslash shukrdir”, “Yaxshilik qilsang boshqalar ham ibrat olib ergashishlari uchun uni so‘zla, faqat riyodan saqlanishga ishonch bo‘lsa”, “Agar senga bir yaxshilik yetsa yoki bir yaxshi amalni qilsang, u haqida do‘stlaringdan eng ishonchlisiga aytgin”, deganlar.

   Abdulloh ibn G‘olibdan: U kishi erta tongda: “Alloh menga kecha yaxshilik ato etdi. Falon surani o‘qidim, falon namozni o‘qidim”, desa, atrofdagilar: “Siz shundan shod bo‘lib, bu haqda so‘zlayapsizmi?”, deyishdi. Shunda u zot: “Alloh taolo “وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ” desayu, sizlar gapirma deysizlarmi? Buni riyo va fitnadan salomat bo‘lsa, ibrat uchun aytsa bo‘ladi”, deganlar.

   Imom Bayhaqiy “Sho‘abul imon” kitobida No‘mon ibn Bashirdan kelgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohning ne’matlarini gapirish shukrdir, uni tark etish esa kufroni ne’matdir” deganlar.

   Umar ibn Abdulaziz ham ne’matlarni zikr qilish shukrdir, deganlar.

   Sayyid Tantoviyning “Al-Vasit” nomli tafsirlarida: “So‘zlash”dan murod xabar berish, ya’ni, nochor eding boy qildik. Endi buning shukrini qil va izdoshlaringga ayt. Ular ham ergashsinlar. Lekin faxr va riyosiz bo‘lsin” deyilgan. 

   Xulosa shundaki, har bir musulmon inson Alloh bergan ne'matlarni qadrlashi, uni eslashi, shukur bilan hayotini go'zal etmog'i kerak ekan. Shu o'rinda unutmaydigan yana bir jixat borki Allohga yaqinlashtirmaydigan ne'mat esa bizlar uchun balo va ofatdan o'zgasi emas!

                                                         Qosim shayx masjidi noib imomi Istamjon Xamrayev
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+Enter
Добавить
в избранное
Boshqa ma`lumotlar:
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
O'zgalar xatosini kechirish Allohning rahmatiga sabab bo'lishi
O'zgalar xatosini kechirish Allohning rahmatiga sabab bo'lishi
Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va diniy sohada olib borilayotgan islohotlar mohiyati
Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va diniy sohada olib borilayotgan islohotlar mohiyati
Amir Olimxonning otasi qaysi shaharda dafn qilingani
Amir Olimxonning otasi qaysi shaharda dafn qilingani
Prezentatsion promorolik
Prezentatsion promorolik
Press-tur ishtirokchilari Qosimshayh majmuasida
Press-tur ishtirokchilari Qosimshayh majmuasida
Izohlar (0)
Videolavhalar
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Muhim yangiliklar
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Диний таълим муассасаларида битирув тадбирлари бўлмоқда
Диний таълим муассасаларида битирув тадбирлари бўлмоқда
Eng ko'p o'qilgan
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
G'iybat qilmang
G'iybat qilmang
Рамазон тақвими 2021
Рамазон тақвими 2021
Muhokamada
Бектош домла Ҳакимов
Sardor
Sardor
27.05.22
Video rolikni to`g`ridan to`g`ri saytning o`zida  ko`rib bo`lmadi
Ижтимоий тармоқлардаги фитналардан сақланиш - барча фуқароларнинг масъулятидир
Бехзод
Бехзод
27.08.21
Рахмат сизларга.
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Шерзод
Шерзод
20.02.21
ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИШЛАРИГА АЛЛОХ БАРАКА  БЕРСИН.
Amir Olimxonning otasi qaysi shaharda dafn qilingani
Gayrat
Gayrat
16.02.21
Navoiyda ekanligini bilmagan ekanman, qoyil
Qosim Shayx majmuasi ochildi
Saidjamol
Saidjamol
16.02.21
Azizon hazratlari deb ketibdi , Lekin Ramazon aka tug'ri aytdi tarixiy isbotlari bilan
QosimShayx tarixi
Farida
Farida
16.02.21
Faktlari kamroq lekin qiziq maqola bulibdi, rahmat
Tavsiya qilamiz
Диний таълим муассасаларида битирув тадбирлари бўлмоқда
Диний таълим муассасаларида битирув тадбирлари бўлмоқда
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
© 2021 QosimShayx.uz veb-sayti ma`lumotlaridan foydalanilganda, ushbu saytga havola kursatilishi shart.
"Qosimshayx" jomei' masjidining rasmiy sayti.
Izlash
Авторизация
Регистрация Восстановить пароль
Или войти через