• Yangiliklar
  • Masjid haqida
  • Fotolavhalar
  • Videolavhalar
  • Tadbirlar
  • Tarixiy faktlar

Hayit namozlari

12 май 2021
368
0
  • 100
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
   Bismillahir Rohmanir Rohiym. Allohimizga cheksiz hamdlar, rasulimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga adoqsiz salomu-durudlar bo'lsin. Ulamolar juma namozini ado etish farz bo‘lgan kishilarga hayit namozlarini ado etish vojib bo‘ladi, deganlar. Hayit namoziga chiqishda g‘usl qilib, toza-ozoda bo‘lib chiqiladi. Bu haqida hadisi sharifda quyidagicha xabar berilgan:
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayiti kunida va Qurbon hayiti kunida (albatta) g‘usl qilar edilar”(Imom Ibn Moja rivoyati).

   Shuningdek, hayit namoziga chiqishda yuvinib toza-ozoda bo‘lganidan so‘ng shirin mushk va atirlar bilan xushbo‘ylanib chiqiladi.Ramazon hayiti bayramida namozgohga chiqish oldidan biror shirinlik tanovul qilish sunnat hisoblanadi. Bu haqida hadisi sharifda bunday xabar berilgan:
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘iz ochish kunida (Ramazon hayitida) bir nechta xurmo yemasdan (namozgohga) chiqmasdilar” (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Agar biror uzr bo‘lmasa, hayit namoziga piyoda yurib borish ham sunnat hisoblanadi:
Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyilgan:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda chiqar edilar. Azon va iqomatsiz namoz o‘qir edilar. So‘ngra boshqa yo‘ldan uyga qaytar edilar”(Imom Ibn Moja rivoyat qilgan).
   Shunga ko‘ra biror kasallik, yoki uzoqlik yoki qoru-yomg‘ir singari biror uzr bo‘lmasa, namozgohga piyoda borish sunnat bo‘ladi. Hayit namozini o‘qish uchun uydan chiqilgan paytdan to namozgohga yetib borguncha “La ilaha illalloh” va “Allohu akbar” larni aytib borish ham sunnatdir.
    Hayit namozi ikki rakatlik namozdir. Hayit namozi vaqti kirganida imomga iqtido qilgan holda azon va takbirsiz ikki rakat namoz o‘qiladi. Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:
Ibn Abbos va Jobir ibn Abdulloh Ansoriy roziyallohu anhumolar: “Fitr kunida ham, Qurbonlik kunida ham azon aytilmagan”, deyishdi”,(Imom Buxoriy rivoyat qilgan).
    Demak azon va takbir farz namozlari uchun sunnat bo‘lar ekan. Imom iyd namozining qiroatini jahriy qiladi va birinchi rakatiga “A’la” surasini, ikkinchi rakatiga “G‘oshiya” surasini zam qilishi mandub bo‘ladi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayit namozlarida “Qof” va “Qamar” suralarini zam qilganlari ham rivoyat qilingan.

Hanafiya mazhabiga ko‘ra hayit namozlari quyidagi tartibda ado etiladi:

   Imomga iqtido qilib hayit namozini ado etishni qalbida niyat qilinadi va mazkur niyat ham talaffuz qilinadi;
   Keyin imom ortidan takbiri tahrima aytilib quloq qoqiladi. Takbiri tahrimadan so‘ng qo‘llar kindik osiga bog‘lanib “sano” duosi o‘qiladi;
   Keyin imomga ergashib uch marta takbir aytiladi. Har takbir aytishda qo‘llarini bosh barmoqlari quloqlari yumshog‘iga tegadigan miqdorda ko‘tarib so‘ng yonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib kindik ostiga qo‘yiladi;
   Keyin imomning qiroatiga quloq solinadi. Qiroatdan so‘ng imom ortidan takbir aytib ruku va sajdalarni ado etadi;
   Ikkinchi rakatda imom takbirlardan oldin qiroat qiladi. Qiroatdan so‘ng imom bilan birgalikda uch marta takbir aytiladi va har takbirda qo‘llarni boshbarmoq quloq yumshog‘iga tegadigan miqdorda ko‘tarilib so‘ng yonga tushuriladi;
  To‘rtinchi takbir aytishda qo‘llarni ko‘tarmasdan imomga ergashgan holda rukuga boriladi hamda imomga ergashgan holda sajdalar qilinadi;
Sajdalardan so‘ng oxirgi qa’dada o‘tirganida attahiyot, salavot va duo o‘qilib, imom ortidan salom berish bilan hayit namozi yakunlanadi.

   Agar birov hayit namoziga bir rakat kech kelib qolsa, imom salom bergandan so‘ng, salom bermasdan turib qiroat qiladi keyin uch takbir aytadi, har takbir aytganda bosh barmoqlari qulog‘i yumshog‘iga tegadigan miqdorda qo‘llarini ko‘taradi to‘rtinchi takbirda rukuga ketadi.

  Hayit namozi xutbadan oldin o‘qiladi. Bu haqida juda ham ko‘plab hadisi shariflar rivoyat qilingan. Jumladan, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda bunday deyilgan:
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ham, Abu Bakr, Umar va Usmon roziyallohu anhumlar bilan ham hayit namozi o‘qiganman, barchalari hayit namozini xutbadan oldin o‘qir edilar” (Imom Buxoriy rivoyat qilgan)

Imom orqasini qibla tarafga qilib jamoatga yuzlanib xutba o‘qiydi. Buning dalili quyidagi rivoyatdir:
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fitr va Qurbonlik kunlari namozgohga chiqar edilar. Avval boshlaydigan ishlari namoz o‘qish bo‘lar edi. So‘ngra burilardilar va insonlar bilan yuzma-yuz turar edilar. Insonlar saf-saf bo‘lib o‘tirar edilar. Ularga va’z-nasihat qilib, (to‘g‘ri yo‘lga) buyurar edilar. Agar biror joyga yuboriladigan kishilarni ajratmoqchi bo‘lsalar ajratar edilar, yoki biror narsaga buyurmoqchi bo‘lsalar buyurar edilar. So‘ngra ortga qaytar edilar”(Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Hayit namozidan so‘ng insonlarning bir-birlari bilan ko‘rishishlari va hayit bayrami bilan qutlashlari ham hayit kunining odoblaridan hisoblanadi. Hayit kunida bir-birlarini tabriklash ma’nosida o‘qiladigan muayyan duo bo‘lmasa ham, “Alloh bizdan ham sizlardan ham qabul qilsin” ma’nosidagi tilaklar bildirish yaxshi sanaladi. Hayit kunida namozgohdan uyiga qaytishda borgan yo‘lidan boshqa yo‘ldan qaytish ham sunnat bo‘ladi. Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bu haqida bunday deyilgan:
“Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda chiqar edilar. Azon va iqomatsiz namoz o‘qir edilar. So‘ngra boshqa yo‘ldan uyga qaytar edilar”( Ibn Moja rivoyat qilgan).
Ma'lumot o'rnida:
2021-yil 13-may payshanba kuni, Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:30 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o'qiladi. Navoiy viloyat Karmana tumanida esa, Ramazon hayiti namozi 05:50da o'qiladi.

Qosim Shayx masjidi noib imomi: Istamjon Xamrayev

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+Enter
Добавить
в избранное
Boshqa ma`lumotlar:
Hayit bayrami muborak aziz dindoshlar
Hayit bayrami muborak aziz dindoshlar
Ne'matlarga shukronalik maqtalgan fazilat ekani, har bir ne'matni qadriga yetish
Ne'matlarga shukronalik maqtalgan fazilat ekani, har bir ne'matni qadriga yetish
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Tinchlik va xotirjamlik ne’matining ahamiyati, uni asrab-avaylash
Tinchlik va xotirjamlik ne’matining ahamiyati, uni asrab-avaylash
Ramazon tuhfasi
Ramazon tuhfasi
O'zgalar xatosini kechirish Allohning rahmatiga sabab bo'lishi
O'zgalar xatosini kechirish Allohning rahmatiga sabab bo'lishi
Izohlar (0)
Videolavhalar
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
ДИНИМИЗДА ИЛМУ- МАЪРИФАТГА ТАРҒИБ
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Муфтий ҳазрат hi-tech услубида қайта қурилган масжидда илк жума намозини адо этдилар
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Раддия. Мазҳабни лозим тутишлик-динимиз мустаҳкамлиги
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Динимизда сўзга эътиборли бўлиш
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Албатта мўминлар ўзаро биродардирлар
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Muhim yangiliklar
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Диний таълим муассасаларида битирув тадбирлари бўлмоқда
Диний таълим муассасаларида битирув тадбирлари бўлмоқда
Eng ko'p o'qilgan
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Missionerlikning salbiy oqibatlari
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri
G'iybat qilmang
G'iybat qilmang
Рамазон тақвими 2021
Рамазон тақвими 2021
Muhokamada
Бектош домла Ҳакимов
Sardor
Sardor
27.05.22
Video rolikni to`g`ridan to`g`ri saytning o`zida  ko`rib bo`lmadi
Ижтимоий тармоқлардаги фитналардан сақланиш - барча фуқароларнинг масъулятидир
Бехзод
Бехзод
27.08.21
Рахмат сизларга.
Qosim Shayx imom xotibi so'zi
Шерзод
Шерзод
20.02.21
ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИШЛАРИГА АЛЛОХ БАРАКА  БЕРСИН.
Amir Olimxonning otasi qaysi shaharda dafn qilingani
Gayrat
Gayrat
16.02.21
Navoiyda ekanligini bilmagan ekanman, qoyil
Qosim Shayx majmuasi ochildi
Saidjamol
Saidjamol
16.02.21
Azizon hazratlari deb ketibdi , Lekin Ramazon aka tug'ri aytdi tarixiy isbotlari bilan
QosimShayx tarixi
Farida
Farida
16.02.21
Faktlari kamroq lekin qiziq maqola bulibdi, rahmat
Tavsiya qilamiz
Диний таълим муассасаларида битирув тадбирлари бўлмоқда
Диний таълим муассасаларида битирув тадбирлари бўлмоқда
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Самарқанд Ислом дунёсининг маданият пойтахтига айланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Расман: Қурбон ҳайити 6 июнь куни нишонланади
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
Маккада зиёратчилар катта эҳтиром ила кутиб олинди
© 2021 QosimShayx.uz veb-sayti ma`lumotlaridan foydalanilganda, ushbu saytga havola kursatilishi shart.
"Qosimshayx" jomei' masjidining rasmiy sayti.
Izlash
Авторизация
Регистрация Восстановить пароль
Или войти через