Hayit bayrami muborak aziz dindoshlar
Hayit bayrami arab tilida “iyd” ya’ni “qaytish”, “takror kelish” ma’nolarini anglatadi. Bu bayram qayta-qayta kelgani uchun mazkur nom bilan atalgan. Ba’zi ulamolar: “Bu bayram insonlarga ularning qiyinchilik va g‘am tashvishlariga qaramasdan har yili ularga xursandchilik va shodlik bilan qayta-qayta kelgani uchun “iyd” deb nomlangan, deganlar. kki hayit bayrami kunlari haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga keldilar. Ularning (Madinaliklarning) o‘ynab hordiq chiqaradigan ikki kunlari bor edi. U zot alayhissalom: “Bu ikki kun qanday kun”, dedilar. Madinaliklar: “Biz johiliyatda bu ikki kunda o‘ynab hordiq chiqarar edik”, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta Alloh taolo sizlarni bu ikkisidan yaxshiroq kunlarga almashtirdi, iydul azho va iydul fitr”,dedilar”. (Imom Abu Dovud rivoyat qilgan).lar.
Ushbu ikki hayit bayrami Islomning ikki ulug‘ ruknlari ortidan keladi. Ulardan biri Ramazon ro‘zasi tugaganidan so‘ng, ikkinchisi hajdan keyin ya’ni hojilar Arafotda turganlaridan so‘ng nishonlanadi.
Hayit bayramlari barcha musulmonlar shodlik va xursandchilik izhor qiladigan kunlar hisoblanadi. Bu bayram kunlari ibodat va shukrona kunlari, xursandchilik va shodlik kunlaridir. Shunga ko‘ra bu kunlar dunyo va oxirat yaxshiliklari jamlangan ulug‘ kunlar hisoblanadi. Hayit kunida imkoni bor kishi yangi kiyim kiyishi mustahab sanaladi. Chunki bu ish Alloh taoloning bandasiga bergan ne’matlarini izhor etish, shodu-
xurramligini namoyon qilish bo‘ladi. Bunga imkoni yo‘qlar eng yaxshi toza-ozoda kiyimlarini kiyib chiqadilar.
Hayit bayramida saylgohlarga chiqish, qavmu-qarindoshlarni ziyorat qilish bilan bu kundagi umumiy xursandchiliklar doirasi kengayadi, ularga sovg‘alar ham ulashiladigan bo‘lsa o‘zaro mehr-muhabbat rishtalari mustahkamlanib, shodu-xurramliklar yanada ziyoda bo‘ladi. Musulmon kishi hayit kunlarida imkon qadar qavmu-qarindoshlarga xususan muhtojlarga xursandchilik ulashishga harakat qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, ulamolar va tolibi ilmlarni ziyorat qilish ham hayit bayramidagi fazilatli amallardan sanaladi.
Hayit bayramining jamiyat vakillari orasidagi gina-adovatlar va turli ko‘ngilsizliklarni ketkazib, hamda ular o‘rtasida mehr oqibat rishtalarini yanada mustahkamlaydi. Musulmonlarning eng katta bayramlaridan biri bu-ramazon hayitidir. Bu bayramga yetkazgan Allohimizga cheksiz hamdlar, payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga adoqsiz salovatu-durudlar bo'lsin!
Qosim Shayx masjidi imom xatibi Mustafo Yunusov
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Ne'matlarga shukronalik maqtalgan fazilat ekani, har bir ne'matni qadriga yetish

Insonlarga nisbatan kechirimli bo'lish islom dini ko'rsatmalaridan biri

Tinchlik va xotirjamlik ne’matining ahamiyati, uni asrab-avaylash

O'zgalar xatosini kechirish Allohning rahmatiga sabab bo'lishi

Press-tur ishtirokchilari Qosimshayh majmuasida

Yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va diniy sohada olib borilayotgan islohotlar mohiyati
Izohlar (0)